Русский

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi kamaydimi?

Анализ

04.03.2024

eye

1 157

news-single

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berishicha, mamlakatimizda 2023 yil yakuniga ko‘ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaygan.

Xususan, 2023 yilning dekabr oyida vazirlik huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan yurtimizning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan.

Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olingan.

2024 yilning 1 yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 mln 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2026