Русский

O‘zbekistonda Yoshlar parlamentining yangi tarkibi saylandi

Общество

14.05.2025

eye

44

news-single

Yoshlar parlamenti a’zolari endi yoshlarning muammolarini o‘rganib, ularga yechim taklif etish, shuningdek, yoshlar fikrini qonunlarga tatbiq etishda qatnashadilar.

Ushbu parlament yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, qonun ijodkorligida faol ishtirokini ta’minlashda muhim platformaga aylanmoqda.

2025-yil 23–30-aprel kunlari mazkur parlamentning yangi tarkibini shakllantirish maqsadida respublika bosqichida saylovlar o‘tkazildi. Ungacha, 20-martdan 1-aprelgacha bo‘lgan davrda barcha tuman va shaharlarda birinchi bosqich saylovlari o‘tdi. Bu bosqichda 9 531 nafar yosh ariza topshirdi, shundan 2 493 nafar hududiy bosqichga o‘tdi, 530 nafar esa siyosiy partiyalar orqali respublika bosqichida qatnashdi.

Saylov yakunida 150 nafar yosh nomzod tanlab olindi. Ular partiyalar fraksiyalari nisbatida quyidagicha taqsimlandi:

  • O‘zLiDeP – 64 nafar,
  • “Milliy tiklanish” – 29 nafar,
  • “Adolat” SDP – 21 nafar,
  • XDP – 20 nafar,
  • Ekologik partiya – 16 nafar.

Yoshlar parlamenti a’zolari endi o‘z hududlaridagi yoshlarning muammolarini o‘rganib, ularga yechim taklif etish, shuningdek, yoshlar fikrini qonunlarga tatbiq etishda qatnashadilar. Bu jarayon yoshlar uchun nafaqat tajriba maktabi, balki islohotlarda ishtirok etish imkoniyati hamdir.

Yangi tarkib – yoshlarning davlat boshqaruviga bo‘lgan ishonchi va faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025