Общество
17.05.2024
908
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaati ko‘rib chiqilish jarayonida qirg‘iz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan namoyish etilgani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan ruxsatsiz, noqonuniy ravishda foydalanish mumkin emas. Bunday faoliyat uchun qonunan javobgarlik mavjud.
Mualliflik yoki turdosh huquqlari buzilayotgan shaxslar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qilishlari mumkin.
Совместное использование: