Русский

Qarz berayotganda yozma tarzda rasmiylashtirish kerakmi?

Общество

16.05.2024

eye

226

news-single

Hayoti davomida qarz olish yoki qarz berish holatlariga duch kelmagan inson kam bo‘lsa kerak. Bu munosabat tashqaridan yaxshilikka xizmat qiladigandek ko‘rinsa-da ayrim vaziyatlarda qarz beruvchilar zarariga ishlaydi. Ya’ni qarz sabab kimlardir o‘zaro aloqalarni uzib bir-biriga dushman bo‘lib ketsa, yana kimlardir sudlashish orqali o‘z haqini undirish istagida yuradi.

Aslida qarz berish ham katta jarayon bo‘lib, uni har tomonlama qonuniylashtirgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, u uzoq muddatga berilayotgan “nollari ko‘p” mablag‘ bo‘lsa...

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismiga ko‘ra, qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3 mln 400 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lsa, yozma shartnoma tuzilishi maqsadga muvofiqdir.

Qarz oluvchi yoki beruvchining biri yuridik shaxs bo‘lganida esa qarz miqdoridan qat’i nazar yozma shartnoma tuziladi.

Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.

Ushbu turdagi shartnomalarning yozma shakliga rioya qilmaslik tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Qarz berib uni ololmay yurganlarning eng katta xatolaridan biri aniq muddatni belgilab yozma shartnoma tuzmaganligidadir. Chunki og‘zaki hisob-kitoblar orqali qonuniy javobgarlik talab qilishning imkoni yo‘q.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025