Русский

Qirg‘iziston geotermal energiya salohiyatini oshirish bo‘yicha IFC bilan hamkorlik qiladi

Экономика

14.03.2024

eye

227

news-single

Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan hamkorlikda isitish va sovitish tizimi uchun geotermal energiyadan foydalanish dasturini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda Trend nashri.

Qo‘shma tadbirning ochilish marosimida xalqaro ekspertlar, Qirg‘iziston parlamenti deputatlari, xalqaro hamkor tashkilotlar rahbarlari, davlat idoralari va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.

Iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiyev ochilish marosimidagi nutqida Qirg‘izistonda geotermal energetikaning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, bu borada xususiy sektor uchun imtiyozli moliyalashtirish dasturlari ishlab chiqilayotganini ta’kidladi.

Geotermal energiya – Yerning ichki qismidagi issiqlikdan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri isitish yoki issiq suv ta’minoti uchun foydalanishga asoslangan energiya tarmog‘i. Sayyoramiz issiqlik zaxiralari deyarli tugamaydi – uning yadrosining 1°C ga sovishida 2*1020 kVt/soat energiya hosil bo‘ladi, bu esa butun Yer yuzidagi mavjud qazilma yoqilg‘ilar energiyasidan o‘n ming baravar ko‘p demak. Bu – insoniyatning yillik energiya iste’molidan million barobar ko‘p degani. Geotermal energiya ekologik jihatdan toza manba bo‘lib, atmosferaga hech qanday issiqxona gazlari yoki chiqindilar ko‘tarilmaydi.

Qayta tiklanuvchi energiya sanoatini rivojlantirish kelajakda bugun tugab borayotgan qazilma boyliklarga qaramlikni yo‘qotish, atmosferaga ajralayotgan zararli chiqindilar miqdorini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston hududi ham geotermal energiyaga boy. Geotermal suv manbalarini mamlakatimizning deyarli barcha viloyatlaridan topish mumkin. Bulardan samaradorligi yuqorilari Buxoro va Sirdaryoda. 3 kilometr chuqurlikkacha bo‘lgan yer sathida hisoblangan geotermal energiya manbalari 6 700 000 mln tonnani tashkil etadi.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025