Русский

Qonun loyihasi Konstitutsiyaga zidmi?

Законодательство

03.07.2024

eye

98

news-single

Hozirgi zamonda shaxsiy ma’lumotlar odatda telefonda saqlanadi. Kecha deputatlar qabul qilgan qonun Konstitutsiyada nazarda tutilgan shaxsiy daxlsizlikni buzmaydimi?

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi kecha yalpi majlis o‘tkazdi. Xalq vakillari, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron (raqamli) dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqdilar.

Ta’kidlanganidek, shiddat bilan rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan sud-huquq tizimida ham keng foydalanilmoqda. Xususan, raqamli dalillarning yangi turlari paydo bo‘ldi. Ammo O‘zbekiston milliy protsessual qonunchilik hujjatlarida elektron dalillar tushunchasi, ulardan foydalanish tartibi aniq belgilanmagan.

Shuningdek, raqamli dalillarga qanday ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha ham normalar mavjud emas. G‘araz niyatli shaxslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda jinoyat sodir etish holatlari esa keskin oshib boryapti.

Bir tomondan, qonunda elektron dalillar bilan ishlashning aniq qoidalarini belgilash zarurati uzoq vaqtdan beri kutilayotgandi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi sud jarayonlarida ulardan foydalanish bilan bog‘liq ko‘plab huquqiy nizolarni keltirib chiqarardi. Chunki raqamli dalillarni to‘plash, qayd etish, tekshirish va baholash uchun yagona standartlar va talablarning yo‘qligi ko‘pincha ularning qabul qilinishi va ishonchliligiga shubha tug‘dirib, sud ishini og‘irlashtirgan.

Taklif etilayotgan o‘zgartirishlar zamonaviy texnologik rivojlanish sharoitida favqulodda ehtiyoj ekanligini tan olish kerak. Ammo tergov organlarining shaxsiy elektron ma’lumotlarga kirishi va vositalarni olib qo‘yish bo‘yicha haddan ziyod keng vakolatlari yuzasidan xavotirlar mavjud. Ular o‘tgan yili karnay-surnaylar ostida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz normalariga zid.

Shu sababli ham elektron dalil tashuvchisi bo‘lgan qurilmani tergovchiga topshirish majburiyligiga oid normaga deputatlar jiddiy qarshilik qilishdi.

Agarda bu qonun kuchga kirsa va elektron dalil joylashgan qurilma —telefoningiz tergovchining ixtiyoriga topshirilishi majburiyligi belgilansa, tergovchi telefoningizda faqat ishga oid dalillarni ko‘zdan kechirishiga kim kafolat beradi?

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025