Общество
19.06.2024
296
Yangi qulaylik tufayli bitiruvchilar hujjat topshirish jarayonida o‘z shahodatnomalarini taqdim etishlari shart bo‘lmaydi.
11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma ma’lumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.
Shu bois, oliy ta’lim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma ma’lumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo‘q.
Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishlari mumkin:
1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma ma’lumotini olish davlat xizmati orqali.
2. Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma’lumotlarini kiritish orqali.
Совместное использование: