Русский

"Tonirovka" uchun to‘lovlar oshdimi?

Общество

02.05.2024

eye

3 133

news-single

Ijtimoiy tarmoqlarda “tonirovka” narxi oshgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunday ma’lumot, tabiiyki, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirib, "tonirovka" uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgarmaganligini ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, to‘lov miqdorlari avvalgidek:

- yengil avtomobillarning orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — bepul;

- jismoniy va yuridik shaxslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori — BHMning 8 baravari (hozirda 2 720 000 so‘m);

- O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun esa BHMning 14 baravari (hozirda 4 760 000 so‘m);

- M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) — BHMning 40 baravari miqdorida belgilangan (hozirda 13 600 000 so‘m).

“Tonirovka” uchun ruxsatnomalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) olinsa, ushbu to‘lovlarga 10% chegirma mavjud.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025