Точка зрения
20.05.2020
129
O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 52,6 mingdan ziyod avtoraqam onlayn autsionlar orqali o‘tgan yilning birinchi choragida 212,2 milliard so‘mga sotilganini e’lon qildi.
Aftidan ushbu raqamlar katta bo‘lmasada, faqatgina avtomashinalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqamlaridan keladigan daromad yillik million dollarga borib qolishi ushbu mablag‘larning o‘rinli sarflanayotgani haqidagi savollarni yuzaga keltiradi.
“O‘ziga xos” davlatlardan tashqari dunyoning aksar mamlakatlarida bunday amaliyot mavjud. O‘zbekiston ham ulardan olgan, albatta. Lekin ularda boylardan shunday bema’ni yo‘llar bilan mablag‘lar shilinib (unday usullar talay), undirilgan “osmondan tushgan” pullarni jamiyat foydasiga ishlatiladi. Masalan, avtoraqamlardan tushgan jamg‘armalarni avtoyo‘llarni takomillashtirish, innovatsion yechimlar topish uchun tadqiqotlarga yo‘naltiriladi. Bizda innovatsion yechimlar emas, hech bo‘lmaganda ularning ta’miriga yo‘naltirilganda edi, necha-necha begunoh odamlar hayoti saqlab qolingan bo‘larmidi, avtomobil egalarining o‘z ulovlarining ta’miriga sarflayotgan mablag‘lari farzandlari kelajagi uchun sarflanarmidi, yoxud 100 yil oldingi sifat ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri keladigan yo‘llarimizni ko‘rgan ehtimoliy investorlar ham qo‘shnilarimizni emas, yurtimizni tanlagan bo‘larmidi...
Совместное использование: