Русский

Akmal Saidov BMTning Inson huquqlari qo‘mitasiga O‘zbekistondan birinchi marta vakil bo‘lib saylandi

Мир

01.06.2024

eye

123

news-single

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga a’zo davlatlarning 40-sessiyasi doirasida Inson huquqlari qo‘mitasining 2025-2028-yillar 9 nafar a’zosini saylash bo‘yicha saylovlar bo‘lib o‘tdi. 

Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondan nomzod — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov eng ko‘p ovoz oldi va BMT Inson huquqlari qo‘mitasining 18 nafar a’zosidan – mustaqil ekspertlardan biriga aylandi.

Akademik, yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidov bir paytning o‘zida O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori hamdir.

Akmal Saidov 1958-yil 11-oktyabrda Toshkent viloyati Zangiota tumanida tavallud topgan. 1981-yilda Toshkent Davlat universitetining yuridik fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1984-yilda nomzodlik, 1990-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2017-yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi.

1992-1993-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jahon muammolari instituti direktori lavozimida ishlagan. 1993-1994-yillarda – Toshkent davlat yuridik instituti rektori. 1994-1996-yillarda – O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi va YUNESKOdagi doimiy vakili. 1996-yildan hozirgacha Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Olti chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (1997-yildan). 2000-2020-yillarda – Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi. 2020-yildan — Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari.

Akmal Saidov, shuningdek, boshqa xalqaro tuzilmalarning ham boshqaruv hay’atlari a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-2020-yillarda Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi raisi. 2019-yilda Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi a’zosi etib saylangan, 2020-yildan esa Parlamentlararo ittifoq vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025