Русский

Avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini olish imkonini beruvchi yagona onlayn platforma ishga tushadi

Общество

16.12.2024

eye

51

news-single

O‘zbekistonda turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Milliy turizm yagona platformasi sinov tariqasida, 2025-yil 1-dekabrdan esa to‘liq ishga tushiriladi.

Ushbu platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

  • sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
  • respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyohlarga gid, gid-tarjimon, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
  • yo‘nalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
  • avtobus, avia va temiryo‘l chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
  • xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
  • turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025