Мир
01.07.2024
292
3-4 iyul kunlari Qozog‘istonda o‘tkaziladigan SHHTning navbatdagi sammiti jahon siyosatidagi muhim voqea sifatida e’lon qilinmoqda. Tashkilot har yili kengayib, o‘z doirasiga tobora ko‘proq mamlakatlarni jalb qilish bilan ovora. Ushbu sammitdan yutuqli yechimlar va vaziyatni sifat jihatidan yaxshilashni kutishimiz mumkinmi?
Shuni ta’kidlash kerakki, SHHT hali ham yillar davomida hal etilmagan bir qator tarkibiy muammolarga duch kelmoqda. Masalan, shu vaqtgacha birorta ham ko‘p tomonlama iqtisodiy (savdo, transport, energetik) loyiha amaliyotga tatbiq qilinmadi. Tashkilot a’zolari kengayganiga qaramay, uning xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanishning asosiy muammolarini hal qilishdagi samaradorligi ancha pastligicha qolmoqda. Katta gegemon davlatlar – Rossiya va Xitoyning ko‘proq o‘z manfaatlariga xizmat qiluvchi loyihalarni ilgari surishida ham ko‘rinadi. Xitoy va Hindiston, Hindiston va Pokiston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi a’zo davlatlar o‘rtasidagi xududiy va boshqa ziddiyatlar tashkilotning samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilishi xavfi doim mavjud.
E’lon qilingan "ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash" va "barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish" maqsadlari hozirda bo‘lib turgan geosiyosiy holatga mutanosib kelmaydi. Ukraina inqirozi fonida o‘sib borayotgan Rossiya, Xitoy va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar SHHT sammiti kun tartibida bir tomonlama bayonotlar darajasida aks etishi muqarrar. Bunday sharoitda tashkilot yagona, izchil pozitsiyani rivojlantira olishini kutish biroz qiyin.
Iqtisodiy sohada ham hal etilmagan masalalar ko‘p. Xitoy “Bir makon bir yo‘l” loyihasini rivojlantirishida yoki Rossiyaning G‘arb va Sharq sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun Markaziy Osiyo davlatlaridan foydalanishga urinishi mavjud muammolarning bir qismidir. "2030 yilgacha energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning umumiy strategiyasi"ni kelishib olish bu sohadagi to‘plangan qarama-qarshiliklar va tarkibiy nomutanosibliklarni hal qilish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Umuman olganda, SHHTning Ostonadagi sammitida Rossiya G‘arb cheklovlarini qanday chetlab o‘tishi masalasi emas, tashkilotning haqiqiy, ko‘p tomonlama rivojlanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilishi lozim. Tashkilot vaqt o‘tishi bilan to‘plangan muammolarni hal qilishning samarali mexanizmiga aylanib, shunchaki bir tomonlama bayonotlar platformasi bo‘lib qolmasligi kerak.
Совместное использование: