Законодательство
29.09.2023
1 071
"Daftarga" kirish va undan chiqarish mezonlari haqida mutaxassis ma’lumot berdi
© Фото: Kun.uz
Kun.uz sayti olgan intervyuda, Yoshlar ishlari agentligi mutaxassisi Hayitboy Iskandarov “Yoshlar daftari” hakidagi savollarga javob berdi.
“Yoshlar daftari” - bu elektron ma’lumotlar bazasi bo‘lib, unga 14-30 yosh oralig‘idagi ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik muammolari mavjud bo‘lgan hamda bilim olishga, kasb-hunar o‘rganishga ishtiyoqi bo‘lgan yoshlar kiritiladi.
3 ta yo‘nalishda ariza berish mumkin. Birinchi yo‘li — mahallalardagi yoshlar yetakchilariga bog‘lanib, ariza qoldiradi. Ikkinchi yo‘l — yoshlardaftari.uz sayti orqali ariza berish. Uchinchi yo‘l — 1093 qisqa raqami orqali ariza qoldirish mumkin. Arizalar 5 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi.
“Daftar”da 25 turdagi yordamlar mavjud. Tizim shaffoflikni ta’minlash uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha fuqaroga beriladigan yordam haqida, tasdiqlangani to‘g‘risida alohida sms xabarnomalar yuboriladi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilib, yordam olgan yoshlar yana 6 oy muddatdan keyin ariza qoldirishi mumkin bo‘ladi.
"Bunda bitta istisno bor, ya’ni Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori asosidagi qo‘shimcha nizomlarga ko‘ra, foydalanuvchi yosh bir martalik yordamni belgilab “Yoshlar daftari”ga kirsa, u “daftar”dan chiqarib yuborilmaydi va ikkinchi qo‘shimcha yordam olishga imkon yaratiladi, boshqa bunday istisnolar yo‘q" - deydi mutaxassis.
“Yoshlar daftari”dan chiqarishda ro‘yxatdan o‘tgan yosh o‘zi belgilagan yordam turini olgandan keyingina chiqariladi. Bu jarayonlar sms xabarnomalar orqali amalga oshiriladi.
Ushbu tizim yaratilgandan buyon bu tizimga 1,1 mln yoshlar kiritilgan. Ularga yordam ko‘rsatish uchun jamg‘armalardan esa 1 trln 270 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘lar ajratilgan.
Совместное использование: