Dunyo
06.05.2024
107

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Italiyaning Arsenale Group kompaniyasi o‘rtasida yangi turistik poyezd loyihasi bo‘yicha hujjat imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, poytaxtdan Samarqandga eltuvchi yangi hashamatli poyezd – yo‘lovchilarga mislsiz qulayliklar va betakror sayohat taassurotlarini taqdim etadigan The Samarkand Express yo‘lga qo‘yiladi. Keng va nafis kupelar, sarxil taomlar, yuqori darajali xizmatlar va go‘zal O‘zbekiston landshaftining hayratlanarli manzaralarini taqdim etuvchi panoramali oynalardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Loyiha monopolist kompaniyaning o‘zi tomonidan amalga oshirilishi yaratilajak yangiliklar ma’lum bir vaqtgacha borishi, keyin esa yana “Afrosiyob”ga tekkan kasallik uni ham olishini tasavvur qilish qiyin emas. Raqobat bo‘lmas ekan, sifat va narxlarda o‘zgarish bo‘lmasligi aniq.
Aksariyat mamlakatlarda davlat kompaniyasi bilan bir qatorda xususiy shirkatlar ham temir yo‘lda xizmatlarni ko‘rsatadi. Muqobil kompaniyalar bo‘lmagan taqdirda monopol shirkatlarning ustidan hukumatga bo‘sunmaydigan nazoratchi tuzilmalar tomonidan qattiq nazorat o‘rnatiladi. Anti-monopol, anti-korrupsion organlarning hukumat rayiga qarab ishlashi ular amalda yo‘q degani hisob.
Ulashish: