Dunyo
25.03.2025
40
Olimlar Gizadagi mashhur Misr piramidalari ostida ulkan yerosti shahrini aniqladi, deb xabar berdi The New York Post.
Radar texnologiyasi yordamida "Amenti zallari" deb ataluvchi hudud o‘rganilgan. Tadqiqotchilar piramida ichida beshta yashirin xona va yerosti koridorlari mavjudligini aniqladi. Shuningdek, oldin fir’avn qabri deb hisoblangan joy aslida noto‘g‘ri talqin qilingani ma’lum bo‘ldi.
🔎 Asosiy topilmalar:
4500 yillik tarixga ega yashirin xonalar va quduqlar
2100 fut chuqurlikda joylashgan 8 ta vertikal artefakt
4000 fut chuqurlikda noma’lum tuzilmalar
Denver universiteti tadqiqotchilariga ko‘ra, piramidalar qurilishidan avval ham bu hudud qadimiy sivilizatsiyalar uchun muqaddas bo‘lgan. Yangi texnologiyalar yordamida arxeologik izlanishlar yana ham kengaytirilishi mumkin.
Ulashish: