O'zbekcha

Angliya janubida katta portlash yuz berdi

Dunyo

03.10.2023

eye

109

Voqea chiqindi qayta ishlash zavodiga chaqmoq urishi oqibatida sodir bo'lgan deyilmoqda

news-single

© Foto: BBC

Portlash guvohlari osmonda yorqin sharsimon chaqnash aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdilar.

BBC xabariga ko'ra, portlash Oksfordshir okrugida, oziq-ovqat chiqindilarini biogazga aylantirish bilan shug'ullanadigan Severn Trent Green Power kompaniyasining zavodida sodir bo'lgan.

Kompaniya bergan bayonotda, 2-oktyabr kuni kechqurun Kassington zavodidagi rezervuarlardan biriga chaqmoq urgan. Natijada gaz portlab, yong'in sodir bo'lgan. 

Portlashda hech kim jarohat olmagani aytilmoqda. Favqulodda vaziyatlar xizmati voqea joyida ish olib bormoqda.

Ulashish:

Sayt axborotlaridan foydalanishda “aksent.uz” sayti havolasi ko‘rsatilishi shart. 1043 sonli OAV (veb-sayt) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma.

Aksent.uz tahririyatining telefon raqami

+ () --

aksent.uz © 2026