O'zbekcha

Onlayn kredit olish soddalashtiriladi

Iqtisodiyot

07.02.2025

eye

75

news-single

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat rahbari tomonidan davlat banklari onlayn xizmatlar, aholi uchun jozibador yangi mahsulotlar yaratishda xususiy banklardan orqada qolib ketayotganini qayd etildi.

Misol uchun, o‘tgan yili xususiy banklarda masofaviy xizmatdan foydalanuvchilar soni 32 foizga oshgan bo‘lsa, davlat banklarida bor-yo‘g‘i 13 foizga oshgan.

Banklar joriy yilda masofaviy xizmat ko‘rsatishni kamida 30 foizga o‘stirishi muhimligi ta’kidlandi. Misol uchun, kadastr, soliq, adliya idoralarining bazasi banklar axborot tizimiga integratsiya qilinsa, garovga qo‘yilgan mulkni notariusga borib, taqiq qo‘yish amaliyoti bekor bo‘ladi.

Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror ishlab chiqib, kiritish topshirildi.

Ulashish:

Sayt axborotlaridan foydalanishda “aksent.uz” sayti havolasi ko‘rsatilishi shart. 1043 sonli OAV (veb-sayt) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma.

Aksent.uz tahririyatining telefon raqami

+ () --

aksent.uz © 2025